Navoiy viloyati rahbari Normat Tursunov apparat yig'ilishi

Navoiy viloyati rahbari Normat Tursunov apparat yig'ilishi
Navoiy / Xatirchi
09:46, 18 ноябрь 2024
130
0

Apparat yig‘ilishi davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, kuzgi daraxt ekish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha masalalar ham muhokama etildi.

Viloyatda bog‘lar, yashil maydonlar tashkil etish bilan birga, ekilgan ko‘chatlarni tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish, har tup niholni asrab-avaylash, zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish, ularni turli kasalliklardan himoya qilish kabi yumushlarga ham e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha ishlash, havo sovib ketmasdan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, bog‘ va yashil maydonlar tashkil etish borasida izchil ishlar amalga oshirilishi aytib o‘tildi.

Videoselektor o‘z ishini yakunladi. Navbatda esa Xatirchi tumani mas’ullari bilan hududda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili olib borildi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
407
0