Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov raisligida navbatdagi apparat yig'lishi bo'lib o'tmoqda

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov raisligida navbatdagi apparat yig'lishi bo'lib o'tmoqda
Navoiy / Jamiyat / Siyosat
10:37, 25 ноябрь 2024
148
0

Ayni damda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Kun tartibidan asosiy 5 ta masala o‘rin olgan.

Yig‘ilish avvalida ijro intizomini mustahkamlash, oldingi apparat yig‘ilishida berilgan topshiriqlar, edo.ijro.uz platformasidagi nazoratdagi hujjatlar ijrosi, Davlat Rahbarining virtual va xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning birinchi hamda Qo‘shma majlislaridagi nutqlaridan kelib chiqadigan eng muhim ustuvor vazifalar masalasi ko‘rib chiqilmoqda. 

Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan aholi bandligini ta’minlash, migrantlar bilan ishlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan mas’ullar va sektor rahbarlarining hisoboti tinglandi.

Viloyatda tashkil etilgan aholi bandligini ta’minlash, migrantlar bilan ishlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maxsus shtab tahlillari to‘g‘risida gapirib o‘tildi.

Yig‘ilishda viloyat, tuman, shahar hokimliklarining mas’ullari, sektor hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etib, biriktirilgan mahallalardagi daromadi past oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha  ko‘rilayotgan choralari tahlil etildi.

Ctrl
Enter
Xato toPdingizmi
Belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar (0)
Bo'limdagi ommabop yangiliklar
Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi Navoiyda XTB mansabdorlari budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ular 43,6 mln so‘m miqdordagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblagan....
14.03.23
380
0