Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Kun tartibidagi masalalar muhokamasi ijro intizomini mustahkamlash, oldingi apparat yig‘ilishida berilgan topshiriqlar, edo.gov.uz platformasidagi nazoratdagi hujjatlar ijrosi masalasidan boshlandi.
Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan mas’ullar va sektor rahbarlarining hisoboti tinglandi.
Normat Tursunov raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda eksport prognozining ijrosi hamda xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha qilingan choralar ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, apparat yig‘ilishida navbatdagi jiddiy masala kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ijtimoiy soha muassasalarini qishga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda berilgan topshiriqlarning ijrosi yuzasidan mas’ullar, shahar va tuman hokimlarining hisobotlari tinglandi.
Bundan tashqari, paxta-yig‘im terimining borishi, kuzgi boshoqli don va to‘qsonbosti ekinlarini ekish hamda takroriy ekinlarni yig‘ishtirib olish bo‘yicha sektor rahbarlari tomonidan olib borilgan ishlar tahlil etildi.
