"HUQUQIY MAHALLA" LOYIHASI UCHQUDUQDA AMALDA

Aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida mamlakatimizda «Huquqiy mahalla» loyihasi amalga oshirilmoqda. Ayni loyiha doirasida Uchquduq tumani adliya bo‘limii tashabbusi bilan “Mustaqillik” mahallasida «Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi» hamda sayyor qabul tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Uchqun Yelmuratov, tuman prokurori Maqsud Ortiqov ham ishtirok etdi.
Mehnat yarmarkasida 40 ta tashkilot o‘zida mavjud 125 ta ish o‘rni bilan qatnashdi. Natijada 18 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanadigan bo‘ldi. Ularning 15 nafari “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan yoshlar bo‘lib, endilikda muqim ish o‘rniga ega bo‘lishadi.
Shuningdek, sayyor qabulda 30 nafardan ortiq fuqaroning murojaati tinglanib, 8 nafarining masala va muammolari joyida hal etilgan. O‘nlab murojaat egalariga qonun doirasida huquqiy tushunchalar berilgan.
“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasidagi bunday tashabbuslar aholiga bevosita ko‘mak ko‘rsatish va davlat xizmatlarini yaqinlashtirishda o‘z samarasini bermoqda.
