Navoiy viloyati prokurori Аzamat Mirzaev tomonidan Navoiy shahrida yashovchi tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar bilan uchrashuv oʼtkazildi.

Navoiy viloyati prokurori Аzamat Mirzaev tomonidan Navoiy shahrida yashovchi tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar bilan uchrashuv oʼtkazildi.
Unda viloyat IIB MvaFRB, kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, migratsiya agentligi, mahallalar uyushmasi, yoshlar ishlari agentligi va boshqa tegishli idoralar rahbarlari, shahar sektor rahbarlari hamda tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan 100 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda migratsiyadan qaytgan fuqarolarning murojaatlari, taklif, fikr va mulohazalari tinglanib, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyish uchun kredit ajratish, sogʼligʼini tiklash hamda boshqa shu kabi jami 36 ta murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarni qonuniy tartibda va muddatlarda koʼrib chiqish yuzasidan ijrochilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bundan tashqari, migratsiyadan qaytgan mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi hamda chuqurlashtirilgan sayyor tibbiy koʼrik tashkil etildi.
